«To‘rt eshikli» Ravon’ning restayling versiyasi Rossiyada joriy yilda taqdim etiladi.
R4 modeli Rossiya bozorida 2016 yilning kuzida taqdim etilgan bo‘lib, Chevrolet Cobalt’ning yangilanishdan avvalgi versiyasi edi. Ravon brendining Rossiya uchun barcha avtomobillari kabi, uni ham O‘zbekistonda ishlab chiqarishadi. Joriy yilda R4 yangilanishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. «Kolyosa.ru» portali ma’lumotlariga ko‘ra, «to‘rt eshikli»ning restaylingli versiyasi Rossiya premerasi Moskva avtosaloni doirasida bo‘lib o‘tadi. U 2018 yilning avgust oyi oxirlarida ochiladi.
Sedanning yangilangan versiya haqida batafsil ma’lumotlar hozircha yo‘q. Yangilangan model Chevrolet markasi ostida 2015 yilning oxirlarida Braziliyada ilk bor taqdim etilgan. «To‘rt eshikli» boshqa bamperlar, chiroqlar va orqa fonarlar, radiatorning o‘zga panjarasiga ega bo‘ldi.
Ravon sedanining yangilanishdan avvalgi versiyasi Rossiyada 1.5.lik, 106 ot kuchilik quvvatga ega benzinli motor bilan sotiladi. Dvigatel besh pog‘onali «mexanika» yoki olti diapazonli «avtomat» bilan uyg‘unlashadi. Ravon R4’ning standart qurilmalariga quyidagilar kiradi: ABS, haydovchining xavfsizlik yostiqchasi, audiotizim. Top versiya uchun oldingi yo‘lovchi «eyrbeg»ni va konditsioner ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda model narxi 499 000 rubldan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning oxirlarida Yangilangan Chevrolet Cobalt/Ravon R4 O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
2017 yilning fevral oyida esa Ukrainada yangi Ravon R4 sotuvi boshlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi