16 mart kuni GM Uzbekistan avtomobillarning dastlabki partiyasini Qozogʻistonga eksport qildi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” xabar bermoqda.
Kompaniya Qozogʻistonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yigʻish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozogʻiston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi.
“Bundan tashqari joriy yil boshidan buyon kompaniya tomonidan Afgʻoniston va Tojikiston respublikalariga avtomobillar eksporti amalga oshirildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Maʼlum qilinishicha, GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2019 yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb eʼlon qilgan.
Avvalroq, avtomobil eksporti tushumi yanvar oyida chet elga 200 ming dollarni tashkil etgan maʼlum qilingandi. Bu 2018 yil yanvariga nisbatan 98 foizga kam. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi