11:03 / 08.08.2019
5 091

UzAuto Motors profilaktika ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi

UzAuto Motors profilaktika ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi
2019 yilning 26 avgustidan boshlab UzAuto Motors AJning zavodlarida har yilgi rejali profilaktika ishlarini amalga oshirish boshlanadi. Bu ishlarning tasdiqlangan rejasiga muvofiq amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda UzAuto Motors matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, tadbirlar doirasida asosiy va qo‘shimcha texnologik uskunalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi, shuningdek, kuzgi-qishki mavsumga korxonani tayyorlash bo‘yicha rejali ta’mirlash ishlari bajariladi.

Ta’kidlanishicha, tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda bajariladi. Rejali profilaktik ishlarning amalga oshirilishi avval shartnoma imzolangan avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir o‘tkazmasligi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish 2019 yilning 23 sentyabridan tiklanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors profilaktika ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi