Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida «O‘zavtosanoat»ning strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov ma’lum qildi.
Rustam Qodirov 2022—2023 yillarga qadar O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Ularning o‘rniga 10—15 ming AQSH dollari atrofidagi yangi modellar, jumladan, Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi boshlanishi qayd etildi. Ta’kidlanishicha, bu yangi modellarning ayrimlari elektromobil bo‘ladi.
«Xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar natijasida ‘O‘zavtosanoat’ AJ korxonalari bazasida plastmassa va shovqindan himoyalash detallari, kabellar, interer detallari, texnologik jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish imkonini beradi», — deydi boshqarma boshlig‘i.
Shuningdek, yana ikkita yangi modeldagi yo‘ltanlamasni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Albatta, ularning narxi Onix sedanidan qimmatroq bo‘ladi.
2019 yilda UzAuto Motors hajmlarni 220 ming donadan 271 ming dona avtomobilga yetkazib (bu 2018 yildagidan 23,2 foizga ko‘p), ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo‘yicha rekordni yangilagani qayd etilgan. 2020 yilda yengil avtomobillarni yillik ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha kengaytirish ko‘zda tutilayotgani ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi