Ikki yarim yildan buyon TV va radioefirlarda qo‘shiqlari berilmay kelayotgan Nilufar Usmonova yana farzand kutyapti. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, xonanda to‘rtinchi bor ona bo‘lish arafasida turibdi.
Xonanda bundan bir necha yil ilgari ikkinchi bor turmushga chiqqan edi. Bu orada u ikki o‘g‘illi bo‘ldi. Shunda ham turmush o‘rtog‘i kim ekanligini ommaga oshkor etganicha yo‘q. Nilufar Usmonovaning turmush o‘rtog‘i kimligi uning yaqin do‘stlariga ham sirligicha qolmoqda.
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Xonanda tahririyatimiz muxbirlari bilan bu mavzu haqida gaplashishni istamadi, hatto, homiladorligini yashirishga urindi. Biroq tez orada intervyu berishga va’da berdi. Nachora, Usmonovaning ko‘zi yorishini kutishdan boshqa iloj yo‘q.
Darvoqe, Nilufar Usmonova bundan bir necha yil ilgari OAVlarga bergan intervyusida qiz farzand ko‘rish – eng katta orzusi ekanini, qiz ko‘rmagunicha farzandli bo‘lishda davom etishini aytgandi. Balki u o‘z so‘ziga sodiq qolmoqchidir.
Ma’lumot uchun, xonandaning 3 o‘g‘li bor: Saida’zamxon 12 yoshda, Ibrohimxon 6 yosh, Sulaymonxon 5 yosh. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi