16 226
Sevara Nazarxonni 40 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan Obid Asomov: «Bilib qo‘y, muxlislaring sardori menman!»
Taniqli xonanda Sevara Nazarxon 23 dekabr kuni 40 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan, ko‘plab san’atkorlar qatori, mashhur so‘z ustasi Obid Asomov ham xonandaga Instagram orqali tabrik yo‘lladi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.
«Sevara, singlim, rosa sovuq kunda tug‘ilgan ekansan, lekin, qizig‘i, juda qaynoq qalbli insonsan. Har bir aytgan qo‘shig‘ing yuragimizning eng chuqur joyigacha etib boradi», — deb yozdi Obid Asomov o‘z tabrigida.
«Er yuzi bo‘yicha muxlislaring bor, men ham shular qatorida. Lekin, bilib qo‘y: muxlislaring sardori menman!», — deya hazil qildi taniqli so‘z ustasi.
«Oilang baxtiga, farzandlaring hamda biz, muxlislaring baxtiga sog‘ bo‘lishga majbursan! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!», — deya qo‘shimcha qildi Obid Asomov o‘z tabrigida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi