13:45 / 29.11.2017
7 432

“AQSH go’zali” tanlovi tarixida ilk bor Daun sindromiga chalingan qiz ishtirok etdi

“AQSH go’zali” tanlovi tarixida ilk bor Daun sindromiga chalingan qiz ishtirok etdi
Minnesota shtatida istiqomat qiluvchi 22 yoshli Mikayla Xolmgrem “Koinot go’zali” tanlovi tarixidagi Daun sindromiga chalingan ilk qatnashchi bo’ldi. Bu orqali Mikayla cheklangan imkoniyatlar bilan ham orzularga erishish mumkin ekanligini isbotlab berdi.

Xabarda keltirilishicha, qiz 6 yoshdan buyon raqs bilan shug’ullanadi, shu sababli sahnada o’zini juda erkin tuta oladi. Qizning fikricha, tomoshabinlar ham ilhom baxsh etuvchi manbalardan biridir.

Mikayla “Minnesotaning hayratlanarli go’zali” tanlovidagi g’olibligidan keyin “Minnesota go’zali” tanlovida qatnashish uchun taklif olgan.

“Men tanlov tashkilotchilariga qizim Daun sindromiga chalingani haqida yozib yubordim. Uni tanlovga olishmaydi deb o’ylagandim, ammo ular Mikayla tanlovning bir qismiga aylanishi kerak degan qarorga kelishdi. Tanlovning mohiyati va u qizim uchun qanday ahamiyat kasb etishini tushunib olishimga bir nechta hafta vaqt kerak bo’ldi” deb yozadi Mikaylaning onasi.

Qiz tanlov g’olibligini qo’lga kirita olmadi, ammo undan ham muhimrog’i –muxlislar muhabbati va mehriga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “AQSH go’zali” tanlovi tarixida ilk bor Daun sindromiga chalingan qiz ishtirok etdi