Nargiza Abdullayeva rejissyorlarga xushtor bo‘lgan aktrisalar va turmushdagi achchiq haqiqatlarni aytib tashladi!(video)

  • Madaniyat
  • 2-05-2018, 16:51
  • 7 670
  • Наргиза Абдуллаева режиссёрларга хуштор бўлган актрисалар ва турмушдаги аччиқ ҳақиқатларни айтиб ташлади!(видео)
    Nargiza Abdullayevani “Begona bahor” filmi orqali muxlislar nazariga tushgan aktrisa deb aytishimiz mumkin. Shok.uz saytiga bergan intervyusida Nargiza Abdullayeva ancha-muncha gaplarni ochiq aytdi.

    “Hozirgi yosh aktrisa va aktyorlarning aksarida tushuncha yo‘q, gapirgan gapida ma’no yo‘q, kattani hurmat, kichikni izzat qilishni bilishmaydi. Turli uyushtirilgan viloyat tadbirlarida ham ba’zi yosh aktrisalar o‘zlarini qanday tutishni bilishmaydi. Viloyat, qishloqlarga borsak, goh qimmat ko‘ylaklarini ayab yuz burishtirishadi, goh konditsionersiz mashinalarga o‘tirmayman deya injiqlik qilishadi. "O‘zbekfilm"dagi mutassadilar jon kuydirib muxlislarga o‘rnak bo‘lishimiz lozimligini gapirishadi. Ammo…Ammo tadbirlarga kelgan aktrisalar labini cho‘chchaytirib suratga tushishdan bo‘shashmaydi. Ana o‘shalar, majlisda “turib, gapir” desangiz gapirisholmaydi, hatto ko‘zidagi ko‘zoynagini olishmaydi, faqat selfi.”

    “Bugungi kunda rejissyorlarga boshqacha tomondan “yaqin bo‘lib” mashhurlikka erishayotgan aktrisalar hozir ham bormi, nima deb o‘ylaysiz?” degan savolga Nargiza Abdullayeva “Ha bor, afsuski hozir ham undaylar topiladi” deya javob berdi.

    Qolaversa aktrisa turmushiga oid berilgan savolga javob berarkan erkaklarga ham murojaat qildi:

    “Hurmatli erkaklarga, akalarimizga ham aytadigan gaplarim bor. Ayollarga ikki og‘iz shirin so‘z ayting, olam guliston. Eng katta aybim, dilimdagi tilimda ekanligida deb hisoblayman. Ayol eri uchun sirliroq bo‘lishi kerak ekan, degan xulosaga keldim hayot davomida!”

    » » Nargiza Abdullayeva rejissyorlarga xushtor bo‘lgan aktrisalar va turmushdagi achchiq haqiqatlarni aytib tashladi!(video)
    Яндекс.Метрика