Saudiya Arabistoni haj safariga birinchi marta otlanganlar uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi

  • 09 avgust 2016, 23:26
  • 4 944
  • Dunyo
  • Saudiya Arabistoni haj safariga birinchi marta otlanganlar uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi

    Saudiya Arabistoni hukumati haj va umra safarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan xorijliklar uchun viza olish narxini oshiradi, biroq shu bilan birga, bu amallarni bajarish uchun birinchi marta kelayotgan ziyoratchilarning vizani olishdagi xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni vazirlar mahkamasi yig‘ilishi natijalari bo‘yicha chiqarilgan qarorda aytilgan, deyiladi "Darakchi" nashrida.

    Viza to‘lovlarini oshirish qarori mamlakat moliya hamda iqtisodiyot va rejalashtirish vazirliklari tomonidan iqtisodiyotning xom ashyoga ixtisoslashmagan tarmoqlaridan davlat byudjetiga tushadigan daromadlarning sonini oshirish maqsadida taklif qilingan choralar "paketida" bor.

    Qabul qilingan qarorga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga bir martalik viza 2 ming realga (533 AQSh dollari), belgilangan muddat ichida Saudiya Arabistoniga bir necha marta borishga imkon beruvchi yarim yillik viza 3 ming realga (800 AQSh dollari), bir yillik viza esa 5 ming realga (1333 AQSh dollari) aylanadi.

    Bunda qirollik orqali tranzit viza 300 rial (80 dollar), mamlakatdan dengiz portlari orqali jo‘nash esa 50 rial (12 dollar) turadi.

    Shu bilan birga Saudiya Arabistonida yashashga ruxsat olgan xorijliklar ham uning tashqarisiga chiqishi uchun g‘aznaga pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, ikki oydan kamroq muddatga xorijga jo‘nash uchun xorijliklar ularning yashash uchun ruxsati amalda bo‘lguncha 200 rial (53 dollar), Saudiya Arabistonidan tashqarida bo‘lgan har bir qo‘shimcha oy uchun 100 rial (26 dollar) to‘lashlari kerak bo‘ladi.

    Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni hukumati yo‘l harakati xavfsizligi qoidabuzarliklari va yo‘l-transport hodisasi joyini tark etganlik uchun jarimalar qiymatini oshirdi.

    Yangi qoidalar hijriy taqvim bo‘yicha yangi yildan kuchga kiradi. Joriy yilda yangi hijriy yili 2 oktyabrdan kiradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Saudiya Arabistoni haj safariga birinchi marta otlanganlar uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi