09:27 / 08.05.2024
291

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Hodisa 7 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:20 atrofida (Toshkent vaqti bilan 11:20) Botken viloyati, Laylak tumani, Oqbo‘sog‘+- qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Qirg‘iziston chegarachilari davlat chegarasi chizig‘idan 250-300 metr uzoqlikda Qirg‘iziston hududida qoramol o‘tlatayotgan Tojikiston fuqarolari — cho‘ponlarni payqab qolgan.

Ular chegarachilarning Qirg‘iziston hududini tark etish talabiga e’tibor bermay, harbiy xizmatchilarga tosh otishni boshlagan. Cho‘ponlardan biri Qirg‘iziston chegara xizmati tomon bir necha marta o‘q uzgan”, — deyiladi xabarda.

Vaziyatni keskinlashtirmaslik maqsadida Qirg‘iziston chegarachilari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan, shundan so‘ng cho‘ponlar Tojikiston hududiga qochib ketgan. Qirg‘iziston chegarachilari orasida qurbonlar yo‘q. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyog‘idan yaralangan.

Ammo jarohat qanday sharoitda, qachon va qayerda olingani noma’lum, chunki Tojikiston huquq-tartibot idoralari faqat fotosuratni taqdim etgan”, — deyiladi Chegara xizmati xabarida.

Ikki davlatning chegara vakillari uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Ayni damda qirg‘iz-tojik uchastkasidagi vaziyat barqaror deb baholanmoqda.

Tojikiston tomoni bayonoti

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida vaziyat tinch. Sug‘d viloyati Jabbor-Rasulovskiy tumani hokimligiga ko‘ra, chegaradagi vaziyat barqaror. Hodisa 7 may kuni tushdan keyin Qo‘rg‘oncha va Oqbo‘sog‘ qishloqlari o‘rtasida yuz bergan.

Mojaro cho‘ponning qochib ketgan qoramollarini qaytarish uchun Qirg‘iziston hududiga tasodifan kirib kelgani sababli yuzaga kelgan”, — deydi hokimlik.

Bunga javoban qo‘shni respublika chegarachilari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Jabbor-Rasulov va Laylak tumanlari chegara xizmatlari muzokaralar yo‘li bilan kichik mojaroga yechim topdi”, — deya aniqlik kiritdi hokimlik.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bayonoti

Tojikiston chegara qo‘shinlariga ko‘ra, 7 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 larda Tojikiston fuqarosi Abdulloyev Olimjon chegara chizig‘ida o‘g‘li qo‘lga olingani sababli Sulukta qishlog‘idagi qirg‘izistonlik harbiy xizmatchilarga murojaat qilmoqchi bo‘lgan.

Abdulloyev Olimjon ijtimoiy mavqeiga (tarix o‘qituvchisi) ko‘ra yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga zid bo‘lgan hech qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymagan. Biroq unga nisbatan o‘qotar qurol qo‘llangan, natijada u tan jarohati olgan. Hozirda Abdulloyev kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi bayonotda.

Ikki davlatning tegishli idoralari ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Chegaradagi vaziyat nazorat ostida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi