Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
6 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga oliy ta’lim sohasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar taqdimot qilingan edi. 8 may kungi matbuot anjumanida bu takliflar haqida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanida oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farhod Mirzayev ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, oliy ta’limdagi davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagicha takliflar ishlab chiqilgan:
- davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
- ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, bu kvotalar ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar orasida taqsimlanadi;
- 2025 yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
- oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
- davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi