
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri uch kun davomida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qildi.
Mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada dunyoning 5 qit’asi, 65 davlatidan jami 390 nafar (204 erkak, 186 ayol) dzyudochi medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi.
Uch kunlik bahslar yakuniga ko‘ra biroz kutilmaganda Shveysariya terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Dushanbeda afsonaviy Teddi Riner shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Avstriya 2 ta oltin, 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, italiyalik dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. Mezbonlar 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 4-o‘rinni egallashdi. Top-10 talikdan Germaniya, Fransiya, Mo‘g‘uliston, Yaponiya, Kanada va Turkmaniston terma jamoalari joy olishdi. O‘zbekiston terma jamoasiga yagona bronza medalini Muhammad Jumayev (-73 kg) taqdim etdi.
Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turnirining so‘nggi kun g‘olib va sovrindorlari:
-90 kg vazn toifasi
1. Mansur Lorsanov (AIN)
2. Devid Klammert (Chexiya)
3. Ju Yop Han (Koreya Respublikasi)
3. Muhammadjon Abdujalilzoda (Tojikiston)
-100 kg vazn toifasi
1. Jennaro Pirelli (Italiya)
2. Daniyel Eyx (Shveysariya)
3. Jafar Kostoyev (BAA)
3. Jahongir Majidov (Tojikiston)
+100 kg vazn toifasi
1. Teddi Riner (Fransiya)
2. Temur Rahimov (Tojikiston)
3. Denis Batchayev (AIN)
3. Losseni Kone (Germaniya)
Ayollar
-78 kg vazn toifasi
1. Anna-Mariya Vagner (Germaniya)
2. Alina Boyem (Germaniya)
3. Emma Reyd (Buyuk Britaniya)
3. Bita Pakut-Klojko (Polsha)
+78 kg vazn toifasi
1. Asya Tavano (Italiya)
2. Kinga Volchjak (Polsha)
3. Ursula Hofmann (Polsha)
3. Hyon Ji Li (Koreya Respublikasi) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar