Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi

Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi
Taklif etilayotgan yangi tartibga ko‘ra, abituriyentlar testni 1 marta topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, kollej yoki texnikumga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda bo‘ladi,
  • 1-bosqichda abituriyent ro‘yxatdan o‘tib, test fanlarini tanlaydi;
  • 2-bosqichda abituriyent test natijasi e’lon qilingandan keyin ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydi.

Ma’lumot uchun, bir necha yildan beri amal qilib kelayotgan tartibga ko‘ra, abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va bu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar