13:37 / 08.05.2024
250

Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi

Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi
Foto: CNBC
Henley & Partners kompaniyasi New World Wealth tahliliy kompaniyasi bilan birgalikda “Dunyodagi eng boy shaharlar—2024” hisobotini taqdim etdi. Unda shaharlarda yashovchi millionerlar, sentimillioner va milliarderlar soni inobatga olingan.

AQSHning 11 ta shahri Top 50’ga kirgan, Nyu-York eng boy shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan. Shaharda 349 500 nafar millioner, 744 nafar sentimillioner va 60 milliarder istiqomat qiladi. Ikkinchi o‘rinni San-Fransisko (305 700 millioner) olgan. Kuchli uchlikni 10 yil avval ro‘yxatda birinchi bo‘lgan Tokio (298 300 millioner) yakunlagan. O‘n yil ichida Tokioda badavlat kishilar soni 5 foizga qisqardi.

Singapur shahrida so‘nggi o‘n yil ichida ilk bor badavlat insonlar soni 64 foizga o‘sdi, natijada shahar 4-o‘ringa ko‘tarildi. Birgina 2023 yilda Singapurga 3400 nafar badavlat kishi ko‘chib o‘tgan: shaharda hozir 244,8 ming millioner, 336 sentimillioner va 30 milliarder istiqomat qiladi.

Reytingda Moskva 30 300 millioner, 207 sentillioner va 23 nafar milliarder bilan 38-o‘rinni egalladi. Henley & Partners bosh direktori Yorg Shteffenning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda moliyaviy bozorlardagi ko‘rsatkichlar shaharlarda farovonlik o‘sishining asosiy omili bo‘ldi.

S&P 500 indeksining 24 foizga o‘sishi, Nasdaq indeksining 43 foizga o‘sishi, shuningdek, Bitcoin qiymatining 155 foizga oshishi kapital oshishiga yordam berdi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt, robototexnika va blokcheyn sohasidagi tezkor yutuqlar boylik orttirish va to‘plashni kengaytirdi. Shunga qaramay, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi eski risklarni bekor qilmadi – so‘nggi bir yil ichida Moskvada millionerlar soni 24 foizga kamaydi”, — deydi Yorg Shteffen.

Xitoy millionerlari

Xitoy shaharlari reytingda asosiy o‘rinni egallaydi, Pekin (125 600 millioner) so‘nggi o‘n yil ichida millionerlar sonining 90 foizga o‘sishi natijasida birinchi marta Top 10 talikka kirdi. Keyingi o‘rinlarni Shanxay (123 400), Shenchjen (50 300), Guanchjou (24 500) va Xanchjou (31 600) egallagan.

Shenchjen boyish bo‘yicha dunyodagi eng tez o‘sayotgan shahar bo‘lib, so‘nggi o‘n yil ichida millionerlar soni 140 foizga oshgan. Bu vaqt mobaynida Xanchjouda millionerlar soni 125 foizga, Guanchjouda 110 foizga ko‘tarilgan.

Dunyoning eng qimmat shaharlari

Monako super boylar uchun dunyodagi eng yaxshi joy bo‘lishi mumkin. O‘rtacha boylik darajasi 20 million dollardan oshadi, Monako aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan boylik bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Aholining 40 foizdan ortig‘ini millionerlar tashkil qiladi — bu dunyoning har qanday shahridagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Monte-Karlo, shuningdek, dunyodagi eng qimmat shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi, uylarning narxi har metr kvadrat uchun 35 000 dollardan oshadi.

Hashamatli ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi bo‘yicha Nyu-York ikkinchi o‘rinda (m² uchun 28 400 dollar), undan keyin London (m² uchun 26 500 dollar), Gonkong (25 800 dollar), Sen-Jan-Kap-Ferra (25 000 dollar) va Sidney (22 700 dollar) turadi.

Henley & Partners kompaniyasining xususiy mijozlar bilan ishlash rahbari Dominik Volekning aytishicha, dunyoning 10 ta eng boy shaharlaridan 7 tasi rezidentlik yoki fuqarolik evaziga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol rag‘batlantiradigan investitsion migratsiya dasturlariga ega.

Investitsiya orqali Nyu-York, Singapur, Sidney, Vena va Dubay kabi shaharlarda yashash, ishlash, o‘qish va sarmoya kiritish huquqini ta’minlashingiz mumkin. Oilangizni yoki biznesingizni yanada qulayroq shaharga ko‘chirish yoki dunyoning turli shaharlaridan birini tanlash imkoniyati xususiy mijozlar uchun merosni rejalashtirishning tobora muhim jihatiga aylanmoqda.

Oila qanchalik ko‘p yurisdiksiyaga ega bo‘lsa, ularning aktivlari shunchalik ko‘p diversifikatsiyalanadi, ular mamlakat va mintaqaviy xavf-xatarlarga shunchalik kamroq duch keladi va ko‘p imkoniyatlardan foydalanadi. Xuddi shunday, shaharlar va davlatlar investitsion migratsiyasidan dunyoning eng boy va iqtidorli odamlarini jalb qilishda moliyalashtirish mexanizmi sifatida foydalanishi mumkin
”, — deydi Dominik Volek.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi