Oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi 56,7 minimal o‘tish balli 2025 yildan boshlab bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu haqda 8 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tgan matbuot anjumanida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.
Bunda:
- sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
- boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.
Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.
«Davlat granti talabalari uchun ta’lim granti va ijtimoiy rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Ijtimoiy rag‘batlantiruvchi grant saqlab qolinadi. U 4 yilga beriladi, qaytarib olinmaydi. Bu grant shunga muhtoj yoshlar uchun ajratilgan grantdir», degan vazir.
Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.
Bunda:
- ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
- ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
- ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi