Kim Chen In AQSh hududini "qo‘llarida tutib turganini" aytdi

  • 25 avgust 2016, 16:50
  • 5 941
  • Dunyo
  • Kim Chen In AQSh hududini "qo‘llarida tutib turganini" aytdi

    KXDR etakchisi Kim Chen In suv osti kemasidan ballistik raketaning uchirilishi vaqtida aytganki, uning davlati "AQShning materikdagi qismini hamda Tinch okeani hududidagi harakatlanish hududlarini nazorat ostida tutib turibdi". Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

    Kim Chen Inning e’tirof etishicha, raketa uchirilishi muvaffaqiyatli chiqdi. U bu sinovni "katta yutuq" deb atagan.

    Shimoliy Koreya rahbari AQSh va uning tarafdorlarini "Koreya xalq armiyasining halokatli zarbasidan qochish uchun KXDR xavfsizligiga rahna soladigan xatti-harakatlardan voz kechish lozimligi" haqida ogohlantirdi.

    Kim Chen In, shuningdek, mudofaa sanoatida ishlaydigan olimlar va texnologlarni yadroviy kallaklar tashuvchi vositalarni rivojlantirishga e’tibor qaratishga chaqirdi.

    Chorshanba kuni tongida KXDR Xamgen-Namdo viloyatidagi Sinpxo port shahri yaqinida suv osti kemasidan ballistik raketa uchirdi. Raketa 500 kmlar chamasi uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kim Chen In AQSh hududini "qo‘llarida tutib turganini" aytdi