17:00 / 21.12.2016
6 748

Putin Trampning inaugurasiyasida qo‘shiq kuylab bermoqchi

Putin Trampning inaugurasiyasida qo‘shiq kuylab bermoqchi

Donald Trampning keyingi oyda o‘tkaziladigan prezidentlik inagurasiyasida bir qator mashhur xonandalar ishtirok etishdan bosh tortishgach, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘shiq kuylashi haqida aytildi.
“Do‘stim uchun bajonidil kuylab beraman”,-Kremldan kelgan qisqacha xabarda shunday deyilgandi. Putinning qo‘shiq kuylashi mumkinligi haqidagi ma’lumot ko‘pchilikni hayron qoldirdi.
Trampning yordamchisi Kellienn Konuey CNN efirida buni kinoya bilan qarshi olganlarga qarata shunday dedi: ”Agar biz faqatgina qobiliyat va tajribaga ega odamlarni chaqirganimizda, hukumatning yarmigina qolgan bo‘lardi. Putin tomonidan tanlangan qo‘shiq ikkala partiya siyosatchilari ko‘ngliga g‘ulg‘ula solib qo‘ydi, chunki u Rossiya milliy gimnini aytishni rejalashtirgandi.
Norozilarning fikricha, Rossiyani ulug‘lab aytilgan qo‘shiq Amerika prezidenti inagurasiyasida noo‘rindir. Putin esa bu janjalni tinchitish maqsadida, gimn o‘rniga Tramp sharafiga Bett Midlerning “Shamol qanotlarim ostidadir” (“Wind Beneath My Wings”)klassik serenasini aytishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Trampning inaugurasiyasida qo‘shiq kuylab bermoqchi