Rossiya Xitoy, Hindiston va Belarus bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

  • 14 may 2015, 17:23
  • 5 817
  • Dunyo
  • Rossiya Xitoy, Hindiston va Belarus bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

    Rossiyaning quruqlikdagi qo‘shinlari 2015 yilning ikkinchi yarmida Xitoy, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Belarus va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining boshqa davlatlari qo‘shinlari bilan birgalikda tinchlikparvar va aksilterror yo‘nalishidagi 5ta harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    “Harbiy boshqarma markaziy organlari bilan birgalikdagi shtab mashg‘uloti, mojaroli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari, Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni rahbarligida tinchlikparvar kuchlarni qo‘llash mashg‘ulotlarning yozgi davridagi qismida o‘tkaziladigan asosiy tadbirlar bo‘ladi”, deb aytilmoqda Rossiya Qurolli kuchlarini rivojlantirish bo‘yicha majlisda Vladimir Putin ixtiyorida bo‘lgan hujjatlarda.

    Avvalroq 17-21 may kunlari O‘rta Er dengizida Rossiya va Xitoy Harbiy-dengiz kuchlarining birgalikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiya Xitoy, Hindiston va Belarus bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi