11:47 / 03.03.2017
5 698

Fransiya prezidentliga nomzod uyida tintuv o‘tkazildi

Fransiya prezidentliga nomzod uyida tintuv o‘tkazildi

Fransiya prezidentliga nomzod Fransua Fiyon va uning turmush o‘rtog‘i Penelopaning uyida 2 mart, payshanba kuni tintuv o‘tkazildi. Bu haqda «Vedomosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Parisien manbalariga ko‘ra, tintuv Fiyonga nisbatan «davlat mablag‘larini talon-taroj etish» va «jamoat mulkini suiiste’mol qilish» yuzasidan ochilgan ish doirasida sudning uch nafar tergovchi ko‘rsatmasiga binoan amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq parlament deputati bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining yordamchisi vazifasini bajarmay, maosh olib kelganlikda gumon qilingan Penelopa Fiyon hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya prezidentliga nomzod uyida tintuv o‘tkazildi