Xitoyning Guychjou viloyatidagi tog‘li hududda joylashgan dunyodagi eng katta radioteleskop FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) sayyohlar bepul tashrif buyurishi uchun ochildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
FAST 2016 yil sentyabrda ishga tushirilgandi.
Ma’lum qilinishicha, teleskop normal ishlashi uchun undan 5 km lik radiusda "jimlik hududi" joriy qilingan bo‘lib, bu erda mobil telekommunikasiya qurilmalarining barcha signallari bloklanadi. Shu sababli tomosha maydonchasiga kirishdan oldin sayyohlar mobil telefonlari, raqamli fotoapparatlari, smart-bilakuzuklari va boshqa elektron qurilmalarni topshirishlari kerak.
Teleskopning tashrif buyurish hududida bir nechta telefon budkasi o‘rnatilgan bo‘lib, sayyohlar ulardan Xitoy ichida bepul qo‘ng‘iroq amalga oshirishlari mumkin.
Teleskopni ko‘rgani har kuni 2 ming kishigina kela oladi. Ma’lum qilinishicha, bu hududda yagona pullik xizmat maxsus shattlda safar qilish va astronomiya muzeyiga tashrif buyurish hisoblanadi Sayyohlar avtobusga 50 yuan (7 dollar) va muzeyga kirish uchun ham shuncha pul to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Ulkan radioteleskop qurish g‘oyasi xitoylik mutaxassislar tomonidan 1994 yil bildirilgan. Maydoni 30 ta futbol maydoniga, perimetri 1,6 km ga, diametri 500 metrga teng bo‘lgan teleskopning qurilishi 2011 yil mart oyida boshlangan. Teleskop tog‘da joylashgan. Teleskopga qilingan sarmoya qiymati 1,2 mlrd yuanga (180 mln dollar) baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi