09:36 / 13.03.2017
7 053

Xitoy dengiz-piyoda qo‘shinlari sonini to‘rt barobarga oshiradi

Xitoy dengiz-piyoda qo‘shinlari sonini to‘rt barobarga oshiradi

Xitoy dengiz-piyoda qo‘shinlari sonini hozirgi 20 ming harbiy xizmatchidan 100 minggacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu muhim dengiz kommunikasiyalari va xorijdagi manfaatlarning ortib borayotgani bilan bog‘liq, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Xabar qilinishicha, kontingentning bir qismi Jibuti va Pokiston janubi-g‘arbidagi Gvadarda joylashadi.

Manbalarning nashrga xabar berishicha, hozirgi qo‘shinlarning ikki brigadasi dengiz-piyoda qo‘shinlari tarkibiga kiritilgan hamda uning sonini qariyb ikki baravarga oshirdi.

"Xitoy xalq-ozodlik armiyasining dengiz-piyoda qo‘shinlari soni 100 mingga qadar oshiriladi va olti brigadadan iborat bo‘ladi", - deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy-dengiz kuchlari soni ham oshadi – 15 foizga (ayni damda HDK soni 235 ming kishini tashkil etadi).

Harbiy ekspert Li Szening ma’lum qilishicha, dengiz-piyoda qo‘shinlari odatda Xitoyning dengizga yaqin hududlarida bo‘lgan, shuning uchun u nisbatan kamsonli bo‘lgan.

"Tayvan bilan ehtimoliy mojarodan tashqari, Xitoy xalq-ozodlik armiyasining dengizdagi missiyasi xorijda ham bo‘lishi mumkin, bu Xitoyning Koreya yarim orolidagi xavfsizlik manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi", - deya taxmin qildi ekspert.

2016 yilning fevralida Xitoy Jibutida harbiy baza qurilishi haqida ma’lum qildi. Hozircha u erda joylashadigan harbiy xizmatchilar soniga oydinlik kiritilmadi, biroq matbuotda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda, bazada taxminan 10 ming kishi joylashadi.

Gvadar porti esa Fors ko‘rfazidan neftni tashishda asosiy yo‘lak sanaladi hamda u Xitoyning mablag‘lari evaziga qurilgan. Xabar qilinishicha, portda Xitoy armiyasi ob’ektlari bo‘lmaydi, biroq harbiy kemalari joylashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy dengiz-piyoda qo‘shinlari sonini to‘rt barobarga oshiradi