21:42 / 14.03.2017
8 659

CNN Putin haqida film ko‘rsatdi: “Dunyodagi eng qudratli kishi” (video)

CNN Putin haqida film ko‘rsatdi: “Dunyodagi eng qudratli kishi” (video)

Amerikaning CNN telekanali 13 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bag‘ishlangan hujjatli filmni namoyish etdi, deb yozadi Hilol.uz nashri. “Dunyodagi eng qudratli kishi” deb nomlangan 45 daqiqalik kartina muallifi – jurnalist Farid Zakariyo.

Zakariyoning fikricha, Rossiya prezidenti qo‘l ostida hokimiyatni to‘plash bo‘yicha AQSh va Xitoy etakchilaridan ustunroq va shuning uchun ham dunyoning eng qudratli kishisidir. Hujjatli filmda Putinning hokimiyatga kelishidan tortib hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi, AQShdagi saylovga ta’siri va to‘plagan boyliklari haqida hikoya qilinadi.

Filmda asosiy ekspertlar sifatida Rossiya siyosati bilan yaqindan tanish jurnalistlar – Yuliya Ioffe, Masha Gessen va The New Yorker bosh muharriri Devid Remnik, Putin nomidan esa uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ishtirok etgan.
[media=https://youtu.be/GzrFJvuQ9T4]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » CNN Putin haqida film ko‘rsatdi: “Dunyodagi eng qudratli kishi” (video)