Bangladeshda sodir etilgan ikkita portlashda kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Kun.uz ma’lum qilmoqda. Ta’kidlanishicha, qurbonlar yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki ko‘pchilik jarohatlarganlar og‘ir ahvolda.
Ma’lum qilinishicha, Bangladesh xavfsizlik kuchlari IShIDning mahalliy bo‘limi jangarilari yashiringan binoni qurshab olganlarida jangarilar portlovchi qurilmani harakatga keltirganlar.
Voqea Hindiston bilan chegaradagi Silxet viloyatidagi aeroport yaqinida yuz bergan. Halok bo‘lganlar orasida huquq-tartibot idoralarining ikki nafar xodimi bor.
Bangladeshda bu terakt hafta ichidagi ikkinchisi bo‘ldi: 24 mart kuni Dakka xalqaro aeroporti hududidagi nazorat-o‘tkazish punktida xudkush o‘zini portlatgandi. O‘tgan hafta esa Dakkadan bor-yo‘g‘i 1,5 km uzoqlikda joylashgan Ashkondagi tezkor kuchlar lagerida portlash sodir etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi