Neyrofiziologlar odam nima uchun o‘z yurak urishini eshita olmasligi sababini aniqlashdi. Inson miyasi qabul qilinayotgan tovush signallarini maxsus filtrdan o‘tkazib, yurak urishi ovozini atrofdagi olamni yanada o‘tkirroq anglash uchun chiqarib tashlaydi. Mazkur tadqiqot Journal of Neuroscience jurnalida chop etildi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.
"Inson olamni ob’ektiv reallikda qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘rib, eshita olmaydi. Misol uchun, bizning ko‘zlarimiz huddi kameradek ishlamaydi, miya ham ko‘z to‘r pardasiga tushuvchi uzoqdagi barcha narsani ko‘rsata olmaydi. Miya ong uchun ahamiyatli nimani qabul qilish yoki olib tashlash kerakligini o‘zi hal etadi. Ajablanarlisi shundaki, bu keraksiz narsalar, jumladan, yurak urushining ovozi bizning ko‘rish qobiliyatimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadi ", — deya qayd etdi Lozanndagi Shveysariya federal politexnika maktabi o‘qituvchisi Roy Salomon.
Salomon va uning hamkasblari inson miyasida «o‘z-o‘zini senzura qilish»ga bo‘lgan noodatiy moyillikni aniqlashdi. Ular bir necha ko‘ngillilar turli ko‘rinishdagi vizual va akustik qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lganliklarini kuzatishdi.
Tajribalarning birida kompyuter ekranida yonib-o‘chuvchi geometrik shakldan foydalanildi. Unda neyrofiziologlar yiltirash chastotasini o‘zgartirib turishdi va miya faoliyati qay tarzda o‘zgarganini kuzatib borishdi.
Ko‘ngillilar yiltirash chastotasi hamda yurak urish chastotasi bir-biriga mos tushganida ularning ko‘rish qobiliyati keskin pasaygani va ekrandagi shaklni ko‘ra olishmaganidan shikoyat qilishdi.
Olimlar ularning miya faoliyatini magnitli-rezonans tomografiyasi orqali kuzata turib, bundan g‘ayrioddiy holatning sababini ochib berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, yiltirash ritmi hamda yurak urishining mos kelish holati organizmning ichki hissiyotlarni boshqaruvchi va ma’lumotlarni saralovchi yakka qobiq faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi.
Bu qobiq ishini bostirish inson ko‘zi olayotgan ma’lumotni qabul qilishdan to‘xtashiga olib keladi. Olimlarning hisoblashicha, bu holat miya yurak uradigan chastota bilan paydo bo‘ladigan barcha signallarni bostirishi bilan bog‘langan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi