18:40 / 13.04.2017
8 392

Alisher Usmonov Aleksey Navalniyni sudga berdi

Alisher Usmonov Aleksey Navalniyni sudga berdi
“Forbes” jurnalining talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng badavlat kishilari reytingida uchinchi qatordan joy olgan Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni va Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning ko‘chmas mulkini tekshirgani uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish fondini sudga berdi. Bu haqda “Vedomosti” nashriga tayanib Qalampir.uz xabar qilmoqda.

Alisher Usmonovning arizasi 12 aprel kuni Moskvaning Lublin sudiga kelib tushgan. Ammo ariza matni oshkor qilinmayapti. Sud 5 kun ichida da’vo ochish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Avvalroq, Rossiya jamoat vakili va siyosatchi Aleksey Navalniy Alisher Usmonovni korrupsiyada va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga aloqador fondni moliyalashtirishda ayblagani haqida xabar bergan edik. O‘shanda milliarder Alisher Usmonov uni sudga berishi haqida aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov Aleksey Navalniyni sudga berdi