18:40 / 19.04.2017
6 905

KXDR ning AQSh ga zarba berishini aks ettiruvchi video paydo bo‘ldi

KXDR ning AQSh ga zarba berishini aks ettiruvchi video paydo bo‘ldi
KXDR televideniesida AQSh bo‘ylab raketa zarbasi berilishini aks ettiruvchi film namoyish etildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatdi deb yozadi Kun nashri.
Ushbu videorolik 15 aprel kuni Kim Ir Sen tug‘ilgan kunining 105 yilligiga bag‘ishlangan tantanada namoyish etilgan. Unda yangi ballistik raketa va uning uchirilishi tasvirlangan. Videoda ko‘rsatilishicha, raketa okean ustidan uchib o‘tib, AQSh shaharlaridan biriga zarba beradi. Keyingi kadrda qabriston fonida Amerika bayrog‘i yonayotgan holda ko‘rsatilgan.
Shu kungi paradda yangi qit’alararo ballistik raketasi namoyish etilgani taxmin qilinmoqda.
Bundan oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp TMJ4 telekanali uchun bergan intervyusida amerikaliklarda Shimoliy Koreya bilan urush boshlash uchun etarli asos borligi haqida aytib o‘tgandi.
Ekspertlar 25 aprel kuni, KXDR Koreya xalq armiyasi tashkil etilgani nishonlanadigan kunda oltinchi yadro sinovi amalga oshirilishi yoki raketa uchirilishi mumkin deb hisoblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR ning AQSh ga zarba berishini aks ettiruvchi video paydo bo‘ldi