14:38 / 22.04.2017
6 994

Qaysi davlat bir necha yildan so‘ng AQShdan ham kuchayib ketadi va Xitoyga yaqinlashadi?

Qaysi davlat bir necha yildan so‘ng AQShdan ham kuchayib ketadi va Xitoyga yaqinlashadi?
2050 yilga kelib qaysi davlat AQShdan ham o‘zib ketadi? Dunyodagi qaysi ikkinchi iqtisodiyot faqat Xitoydan orqada qoladi? Politiken nashrining Osiyodagi muxbiri Klaus Tomsen bu savollarga javob izlab ko‘rishga qaror qildi. Quyida uning maqolasi tarjima qilingan holda taqdim etiladi.

Osiyo haqida gapiradigan bo‘lsak, aksariyat vaziyatda Xitoy haqida so‘z yuritamiz. Xuddi Osiyoda boshqa davlat yo‘qdek. Shu bilan birga, Hindiston bir necha yildan so‘ng aholi soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘zib ketadi va dunyodagi eng ko‘p inson yashovchi davlatga aylanadi.

Yaqinda Xitoyning texnogiganti – Alibaba kompaniyasi keyingi besh yil davomida Evropa bozorini Amerikaning Amazon va eBay kabi kompaniyalaridan tortib olishini ma’lum qildi.

Biroq, ikki yirik savdo maydonchalari o‘rtasidagi hal qiluvchi kurash hozirning o‘zidayoq Hindistonda boshlanib bo‘ldi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, kompaniya agarda Hindiston va Osiyoda eng yirigiga aylanmasa, kelajakda katta muammolarga duch kelishi aniq.

Raqamlar vaziyat haqida aniq tasavvur uyg‘otadi. Hindiston aholisi 1,2 milliard kishiga teng. Taqqoslash uchun: EIning barcha aholisi – atigi 510 million insonni tashkil etadi. Buning ustiga, shuni esdan chiqarish kerak emaski, Hindiston – bu faqatgina Hindiston emas. Qishloq joylardagi insonlarning aksariyati hamon qashshoqlikda umr kechirmoqda, o‘rta sinf esa ko‘paymoqda – ayniqsa, katta shaharlarda. Bu esa ayni kunda millionlab hindlar evropaliklar kabi iste’mol talablariga ega chiqmoqchi ekanidan dalolat.

Shuningdek, rivojlanish Hindistonni dunyoda ettinchi davlatiga aylangani, hamda o‘sish sur’ati saqlanib qolayotganidan dalolat beradi. O‘tgan oyda Mandag Morgen haftalik byulleteni PricewaterhouseCooper firmasi tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini keltirdi. Unga ko‘ra, 2050 yilga kelib Xitoy dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga aylanadi, undan keyin esa Hindiston joylashadi, AQSh esa faqatgina uchinchi o‘rinni egallaydi.

Keng ko‘lamli investisiyalar

Jahondagi eng yirik texnologik kompaniyalar voqealar bunday rivojlanishini avvaldan ko‘ra bilishdi, hamda ayni damda Hindiston uchun kurash tropik momaqaldiroqni eslatib yuboradi. Wall Street Journal gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Amazon Hindistonda o‘z pozisiyalarini mustahkamlash uchun 34 milliard kron sarflashga yaqin turibdi. Shu bilan birga, Uber masalan, 6,8 milliarddan ko‘proq sarflaydi. Buni Xitoyning Alibaba kompaniyasi Hindistonda o‘ziga baza sifatida ishlashi darkor bo‘lgan kompaniyalarga so‘nggi ikki yil davomida 4,8 milliard kron sarmoya kiritgani bilan bog‘lash mumkin.

Bundan tashqari, Xitoy texnologiya kompaniyalari so‘nggi yillarda Hindistondagi startap-firmalarga juda katta miqdorda sarmoya kiritishdi. Amerika texnologiya kompaniyalari esa bu borada ancha orqada.

Garchi Hindiston kelajakda Xitoy bilan jahon iqtisodiy superligasiga kirsa ham, bu ikki davlatdagi vaziyat juda ko‘plab farqqa ega.

Hindistonning Xitoydan ajratib turuvchi eng muhim jihat, bu nisbatan erkin OAVga ega dunyodagi eng yirik demokratiyadir. Xitoy rahbariyati esa barcha narsani o‘z qo‘lida mustahkam ushlab turadi va tanqidchilariga bosim o‘tkazadi.

Balki, aynan Hindistondagi demokratiya bu davlatga e’tiborning kamligi bilan bog‘liqdir. Xitoy rahbariyati xatti-harakati esa ko‘p holatda muzokaralar markaziga aylanadi.

Hindiston bosh vaziri mamlakatga kiritilayotgan ko‘plab sarmoyalarga ijobiy munosabatda, u 2014 yilda iqtisodiy rivojlanishni va’da qilgan holda hokimiyat tepasiga kelgan. Garchi Hindistonda har yillik o‘sish 6-7 foizni tashkil etsa ham, mamlakat rivojiga juda yomon infratuzilma, korrupsiya va kuchli byurokratiya xalaqit bermoqda, Modi esa ularni hal qilishga va’da bergandi.

Modi bosh vazir bo‘lishidan avval Gujarat shtatini boshqargan hamda u erni Hindistonda biznes bilan shug‘ullanish uchun eng qulay joyga aylantira oldi. Ayni damda uning maqsadi – tarixga Hindistonni modernizasiya qilgan shaxs sifatida kirishdir.

Qora soya

Biroq, Modida o‘ziga yarasha qora soya ham bor. U asta-sekin xavfli bo‘lib bormoqda. Modi – hindular millatchilik partiyasi bo‘lgan «Bxarata janata parti» partiyasi a’zo bo‘lib, u o‘z tarixi bilan o‘n yillar muqaddam boshlangan harakatga borib taqaladi. Uning maqsadi – Hindistonni induizm davlatiga aylantirish. Bugun esa, Hindiston, o‘z konstitusiyasiga ko‘ra – dunyoviy davlatdir.

Modi yillar davomida huquq himoyachilari tomonidan tanqid qilib kelinadi, sababi hindular 2002 yilda uning Gujarat shtatida juda ko‘plab musulmonlarni qirib tashlashdi. O‘sha voqealarda 2 mingga yaqin inson halok bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Tanqidchilarning fikricha, Modi qirg‘inni to‘xtatish uchun hech narsa qilmagan, buning ustiga bu ishni qilganlarni biron marta bo‘lsa ham qoralab chiqmadi. AQSh esa Modi bosh vazir bo‘lguniga qadar, unga viza berishdan bosh tortib kelgan.

Modi bosh vazir bo‘lganidan so‘ng ham, o‘z mamlakatida diniy keskinlik darajasini pasaytirish uchun hech narsa qilmadi. Aksincha, so‘nggi yillarda hindu millatchilari tomonidan o‘zini-o‘zi mudofaa qilish guruhlari soni ko‘paydi, xususan, ular o‘tgan haftada ham musulmonlarga hujum qilib, ularni o‘ldirishdi. Ular musulmonlarni sigirlarni o‘ldirishda ayblashdi, sigirlar esa – hindularning muqaddas jonivori sanaladi. Modi bu qotilliklar borasida hech narsa demadi, garchi bu holatlar haqida hind matbuoti, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p yozilgan bo‘lsa ham.

Aksincha, Modi o‘tgan oyda partiyasi Uttar-Pradesh shtatidagi mahalliy saylovlarda g‘alaba qozongach, keskinlik ortishiga turtki berdi. Bu shtat o‘zining 200 millionlik aholisi bilan Braziliyaga ham tenglashishi mumkin. Modi saylovlardan so‘ng hindu Yogi Adityanatxni shtat rahbari etib tayinladi. U esa musulmonlarga qarshi qaratilgan “qaynoq” nutqlari bilan "mashhur". Darvoqea, Uttar-Pradesh shtatida musulmonlar aholining 20 foizini tashkil etadi.

Xususan, Yogi Adityanatx hindularni bir hindu o‘ldirilsa, o‘n nafar musulmonni o‘ldirishga chaqirdi. Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, unga nisbatan diniy adovatni keltirib chiqargani uchun son-sanoqsiz jinoiy ishlar ochilgan.

Carnegie Endowment for International Peace tahliliy markazi xodimi Milan Vayshnavning The Guardian gazetasiga o‘tgan oyda bergan intervyusida ma’lum qilishicha, bu tayinlov Modiga nisbatan salbiy munosabatni yanada kuchaytiradi.

«Uning loyihalari rivojlanishmi yoki hindular millatchiligimi. Shu tayinlov, bu erda “yoki...yoki” deb gapirib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. U ikkiyuzlamachi. Bir Modi – iqtisodiyotni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan yirik shaxs, boshqasi esa - millatchi», - deya ma’lum qilgan u.

Agarda diniy keskinlik yanada ko‘paysa, bu nafaqat Hindistonning azaliy raqiblaridan biri bo‘lgan qo‘shni davlat – Pokiston bilan munosabatlarni yanada yomonlashtiradi, balki Malayziya va Indoneziya kabi mintaqadagi boshqa musulmon davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi aniq. Ular so‘nggi paytlarda Myanmada musulmonlarni ta’qib etish holatlarga juda jiddiylik bilan munosabat bildirishmoqda.

Xullas, Hindiston jahon iqtisodiyotining muhim qismiga aylanib borayotgani, unga mablag‘ kiritmoqchi bo‘lgan sarmoyadorlar esa navbat kutib turgani inobatga olinsa, bu butun jahon uchun kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi davlat bir necha yildan so‘ng AQShdan ham kuchayib ketadi va Xitoyga yaqinlashadi?