22:26 / 08.05.2017
9 005

Turkiya prokuraturasi Gulenni 2900 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Turkiya prokuraturasi Gulenni 2900 yillik qamoq jazosiga hukm qildi
AQShda yashovchi turk muxolifi Fathulla Gulen unga qo‘yilayotgan barcha ayblovlar bo‘yicha 3600 tadan ko‘proq umrbod qamoq jazosi, 2900 yil ozodlikdan mahrum qilinishga loyiq deb hukmni Turkiya prokuraturasi chiqardi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, idoraning talabiga binoan, Gulen 2,2 million kunlik qamoq jazosiga teng jarimaga tortilishi lozim.

Mamlakatda Gulenga nisbatan 20 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Turkiya hukumati AQShdan uning topshirilishini talab qilmoqda, biroq hozircha bu urinishlar besamar bo‘lmoqda. Davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Turkiyada 32 mingdan ko‘proq odam hibsga olingan va 100 mingga yaqin davlat xizmatchisi bo‘shatilib yuborilgan yoki lavozimidan chetlatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prokuraturasi Gulenni 2900 yillik qamoq jazosiga hukm qildi