10:23 / 01.06.2017
16 390

Amerikalik milliarder Erda o‘zga sayyoraliklar yashashini ma’lum qildi

Amerikalik milliarder Erda o‘zga sayyoraliklar yashashini ma’lum qildi
NASA bilan hamkorlik qiluvchi kompaniya egasi, amerikalik biznesmen Robert Bigelou nafaqat o‘zga sayyoraliklarning mavjudligiga, balki ularning sayyoramizda yashashiga ham ishonadi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

U bu haqda NASA bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyasi haqida ko‘rsatuv tayyorlagan “60 daqiqa” teledasturida gapirdi. Robertning Bigelow Aerospace kompaniyasi fazoda yashash uchun zarur bo‘ladigan, fazo kemalari uchun dam berib shishirilgan maxsus modulni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur modul sinovdan o‘tkazilgan. “Men o‘zga sayyoraliklarning mavjudligiga mutlaq ishonaman, – dedi u ko‘rsatuv boshlovchisi Lara Loganga. – Bu sirning tagiga etish uchun million-million dollar pul sarfladim. Mazkur ishda AQShda hech kim menchalik katta mablag‘ sarflamagan”, deb qo‘shimcha qildi Robert Bigelou.

U boshqalarning fikri uni qiziqtirmasligini, bu narsa u bilgan haqiqatni o‘zgartira olmasligini, o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashish uchun pul sarflamayotganligini, ular yonginamizda yashayotganligini ham ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik milliarder Erda o‘zga sayyoraliklar yashashini ma’lum qildi