22:08 / 01.06.2017
7 943

Qozog‘iston shaharlarida bolalar paradlari o‘tkazildi

Qozog‘iston shaharlarida bolalar paradlari o‘tkazildi
Qozog‘istonning bir necha shahrida bugun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida, bolalar va o‘smirlar ishtirokida bayram tadbirlari va paradlari bo‘lib o‘tdi.

Olmaotaning markaziy maydoni bo‘ylab shahar maktablari o‘quvchilari yurib bordilar, shuningdek bilim yurtlari kursantlari, raqs jamoalari va ansambllari ham paradda ishtirok etdilar. Bayram tadbirlaridan bir kun avval shahar hokimiyati organlari “Bolalar va o‘smirlar badiiy jamoalari paradi”ga tayyorgarlik ko‘rilishi munosabati bilan maydonning transport o‘tish yo‘larini berkitdilar.

Shuningdek, mamlakatning boshqa shaharlarida ham bolalar paradlari bo‘lib o‘tdi. Shimkent shahrida, rasmiy axborotga ko‘ra, paradda 15 ming maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Petropavlovsk shahridagi paradda esa bugun 1 600 dan ziyod kishi qatnashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston shaharlarida bolalar paradlari o‘tkazildi