19:13 / 06.05.2024
191

Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”

Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Foto: Getty Images
AQSHdagi Demokrat va Respublikachi partiyalar Rossiyani dushman deb biladi va prezidentlik saylovlari natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uni mag‘lub etishga harakat qiladi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.

"Yaqinda Qo‘shma Shtatlarda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi, demokratlar va respublikachilar o‘rtasida Rossiya va Xitoyga nisbatan hech qanday bo‘linish yo‘q. Saylovlarda kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, biz ular uchun dushmanmiz", — dedi rossiyalik vazir.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Sobiq prezident Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan davlat rahbariligiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan delegatlar ovozini to‘plagan. Ikkinchi muddatga da’vogarlik qilayotgan amaldagi prezident Jo Bayden Demokratik partiyadan yetarli miqdordagi delegatning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozonsa, Rossiya uchun yaxshiroq bo‘lishini aytgan edi.

"Bayden. U tajribaliroq odam, u eski formatsiya siyosatchisi. Lekin biz Amerika xalqi ishonch bildirgan har qanday AQSH rahbari bilan ishlaymiz", — degan edi Rossiya rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”