15:00 / 06.05.2024
115

Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi

Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Foto: Reuters
Braziliya janubidagi Rio Grande do Sul shtatida suv toshqini oqibatida yetmish besh nafar kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Urugvay va Argentina bilan chegaradosh shtat bo‘ylab rekord darajadagi suv toshqinlari oqibatida 101 kishi bedarak yo‘qolgan va 80 mingdan ortiq kishi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Braziliya prezidenti Lula da Silva 5 aprel kuni vazirlar mahkamasi a’zolari bilan Rio-Grande-du-Sulga qutqaruv va tiklash ishlarini muhokama qilish uchun kelgan.

Foto: Reuters
Kuchli bo‘ronlar shtatdagi 497 ta shaharning qariyb uchdan ikki qismiga ta’sir ko‘rsatgan, natijada ko‘chkilar sodir bo‘lgan, yo‘llar vayron bo‘lgan va ko‘priklar qulagan, elektr va suv ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Braziliya fuqarolik mudofaasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, milliondan ortiq kishi ichimlik suvidan mahrum bo‘lgan.

2 aprel kuni Bento Gonsalves va Kotipora shaharlari orasidagi gidroelektr to‘g‘oni qisman vayron bo‘lgan, 2 ta shahar butunlay suv ostida qolgan. Vertolyotlar ham qutqaruv ishlariga jalb qilingan.

Foto: Reuters
Braziliya geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, shtat bo‘ylab suv toshqini 1941 yilgi suv toshqini paytida ko‘rilganidan oshib ketgan.

Rio Grande do Sul shtati poytaxtidagi Guayba daryosidagi suv qirg‘oqlardan toshib, ko‘chalarni suv bosgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi