Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan qizcha mamlakatning 18 millioninchi fuqarosi bo‘ldi. Unga Muslima Samat qizi deb ism berishgan. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vaziri Timur Suleymenov xabar bermoqda.
“Muslima oilasida ikkinchi farzand hisoblanadi. U tug‘ilgan vaqt og‘irligi 3 300 gramm, bo‘yi esa 51 santimetr edi. Bolaning ota-onasi Toldiqo‘rg‘onda yashashadi. Onasi - Diana Erikovna Omarxanova - defektolog, 1991 yilda tug‘ilgan. Otasi esa Samat Erkinbekovich Bestibaev – o‘qituvchi. 1982 yilda tug‘ilgan”, - dedi vazir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi aholisi 2017 yilning may oyida 18 million nafarga etgan. Vazirlikning ta’kidlashicha, mamlakatning 18 millioninchi fuqarosini aniqlash uchun barcha demografik jarayon o‘rganib chiqilgan.
Mustaqillik yillarida Qozog‘iston aholisi 1 562,5 ming kishiga ko‘paydi va joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, 18 014,2 ming kishiga etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi