AQSh Prezidenti Donald Tramp bayonot berib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “juda, juda yaxshi munosabat”da bo‘lganini aytdi.
CBN (Christian Broadcasting Network) asoschisi Pet Robertsonga bergan intervyusida, Amerika rahbari AQSh xuddi Rossiya singari qudratli yadro mamlakat ekanini, shu sababli bu ikki mamlakat “qandaydir munosabatlar o‘rnatmasligidan” ma’no yo‘qligini aytdi. Uning intervyusi 13 iyul kuni CBN orqali namoyish etildi.
Trampning ta’kidlashicha, Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarning muhim jihati harbiy harakatlar kuzatilayotgan Suriyaning katta qismida o‘t ochishni to‘htatish borasida kelishuvga erishish bo‘ldi. (AQSh Suriya qurolli muholifatini, Rossiya esa Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlaydi).
Bundan tashqari Amerika etakchisining aytishicha, Putinga AQSh prezidentlik saylovlarida demokratlar nomzodi Xillari Klintonning g‘alabasi foydali bo‘lardi. Chunki Tramp mudofaaga ajratiladigan harajatlarni ko‘paytirish niyatini bildirgan.
Tramp va Putinning ilk uchrashuvi 7 iyul kuni Gamburgda “Katta yigirmatalik” sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi va belgilangan 35 daqiqa o‘rniga ikki soatdan ortiq davom etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi