18:44 / 19.07.2017
4 701

AQSh noutbuklarni samolyot bortiga olib o‘tishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

AQSh noutbuklarni samolyot bortiga olib o‘tishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
AQSh transport xavfsizligi boshqarmasi 17 iyuldan e’tiboran aviayo‘lovchilarning qo‘l yuklarida elektron qurilmalarni olib o‘tishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu o‘zgarish Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasi reysiga nisbatan ham joriy etildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Shu bilan Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridan parvoz qiluvchi hamda shunday taqiq bekor qilingan 9 ta aviakompaniyaning so‘nggisi bo‘ldi. Elektron qurilmalarni samolyot bortiga olib chiqish bo‘yicha taqiq shu yilning mart oyida joriy qilingan edi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin orada Amerika mulozimlari Saudiya Arabistoniga safar qilib, Vashingtonning parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talabi Saudiya hukumati tomonidan qanchalik bajarilganini tekshiradi, deb xabar qiladi Deutsche Welle.

Elektron qurilmalarni samolyot bortiga olib o‘tmaslik bo‘yicha taqiq ushbu qurilmalardan foydalanilgan holda teraktlar sodir etilishining oldini olish maqsadida joriy etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh noutbuklarni samolyot bortiga olib o‘tishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi