Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida poezdning temir yo‘l izlaridan chiqishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda India Today nashri xabar bermoqda, deb ma’lum qildi Kun.uz.
Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Hindiston temir yo‘l vaziri Suresh Prabxu halok bo‘lganlar oilalariga tovon pullari to‘lanishini aytgan.
Times of India nashri ma’lumotlariga ko‘ra, relslardan Puri-Xaridvar-Kalinga yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan tezkor poezdning 6 vagoni chiqib ketgan. Ma’lum qilinishicha, falokat mamlakat poytaxti Nyu-Dehlidan shimolga tomon 100 km lar uzoqlikda Muzaffarnaxor okrugida yuz bergan. Voqeaga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi