Qodirov IShIDchilarning farzandlarini o‘z tarbiyasi ostiga olishga tayyor

  • 27 avgust 2017, 10:33
  • 4 043
  • Dunyo
  • Qodirov IShIDchilarning farzandlarini o‘z tarbiyasi ostiga olishga tayyor
    Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Federatsiya kengashining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyod Sabsabi bilan rossiyalik ayollar va bolalarni vataniga qaytarish bo‘yicha rejani muhokama qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

    Qodirov o‘z Instagram’iga Bag‘doddagi yetimxonada olingan videorolikni joyladi. Syujetda gap IShIDchi ota-onalari Iroqning Mosul shahri ozod etilganidan keyin tashlab ketgan bolalar haqida boradi. Checheniston rahbari to‘rt nafar bolaning qarindoshlari topilganini ma’lum qildi, shu sababli u qolgan 75 yetimning ham oilasi topilishiga umid qilmoqda. Birinchi darajali vazifa — ularni uyga qaytarish bilan shug‘ullanish. Bolalarga ikki nafar ayol ham qo‘shiladi.

    Bundan tashqari, Qodirov rossiyalik bolalar Rossiyaga ma’lum qilinmasdan turib, asrab olinmasligini talab qilmoqda. «Har birimiz yetimlarni boqish va tarbiyalash uchun o‘z qanotimiz ostiga olishga tayyormiz», — dedi u.

    IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qodirov IShIDchilarning farzandlarini o‘z tarbiyasi ostiga olishga tayyor