15:56 / 28.10.2017
6 924

Ispaniya hukumati Kataloniyaning yangi rahbarini e’lon qildi…

Ispaniya hukumati Kataloniyaning yangi rahbarini e’lon qildi…
Bu lavozimga hukumat raisining birinchi o‘rinbosari Soray Saens de Santimariya tayinlandi. Ispaniya hukumat rahbarlarining aytishicha, bu harakat Kataloniyada mustaqillik e’lon qilinishiga qarshi arzirli javob vazifasini o‘taydi. O‘z o‘rnida Kataloniya rahbari Karles Puchdemon egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shu bilan bir vaqtda Kataloniya shaharlarida Ispaniya bayrog‘i yo‘q qilindi. Puchdemon bu harakatlarni uzoq kutilgan erkinlik bayrami sifatida baholadi.

Ispaniya hukumati Kataloniya mustaqilligiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatayotganiga qaramay, kecha tundan to bugunga qadar mustaqillikka bag‘ishlangan xalq namoyishlari to‘xtagani yo‘q. Taxminan 20 mingga yaqin odam namoyishlarda faol ishtirok etmoqda.

Germaniya, Angliya, Fransiya va yana bir qator ko‘zga ko‘ringan davlatlar esa Kataloniya mustaqilligini ochiqchasiga tan olmasliklarini bayon qilishdi. Ispaniya qiroli ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. U 2017 yil 21 dekabrida Kataloniyada yangi saylovlar tashkil etilishini mamlakat ahliga ma’lum qildi. Uning aytishicha, Ispaniya hech qachon bo‘laklarga bo‘linmaydi va Kataloniya ham uning tarkibida qoladi.

Mustaqillik munosabati bilan tashkil etilgan namoyishlarda oddiy xalq vakillarining politsiya bilan jiddiy to‘qnashuvlari kuzatilgan. Rasmiy xabarlarga qaraganda, yuzlab fuqarolar qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya hukumati Kataloniyaning yangi rahbarini e’lon qildi…