12:30 / 08.11.2017
6 240

Gonkong eng ko‘p sayyohlarni jalb qilgan shahar ekanligi aniqlandi

Gonkong eng ko‘p sayyohlarni jalb qilgan shahar ekanligi aniqlandi
2017 yilning 9 oy yakuni bo‘yicha eng ko‘p sayyohlar tashrif buyurgan shaharlar aniqlandi. Bu boradagi reyting “Euromonitor International” tahliliy kompaniyasi tomonidan tuzildi.

Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni Gonkong egalladi, deb yozadi Qalampir.uz nashri. Bu shaharga joriy yil 9 oy yakuni bo‘yicha 25,7 million sayyoh tashrif buyurgan.

Ikkinchi o‘rinni 21,2 million kishi tashrif buyurgan Bangkok shahri egalladi. Uchlikni 19,2 million kishi kelgan London shahri yakunladi.

Kuchli o‘nlikka Singapur, Makao, Dubay, Parij, Nyu-York, Shenchjen va Kuala-Lumpur shaharlari kiritildi.

Britaniyaning “Euromonitor International” tahliliy kompaniyasi 10 yildani buyon har yili eng ommabop shahar nomini aniqlab keladi. 100 ta mamlakat shaharlari nomlari orasidan 100 talik reyting tuziladi.

Tahlilchilar tashrif maqsadi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, 24 soatdan ko‘p vaqt davomida boshqa shaharga borgan sayohatchilar sonini hisobga oladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonkong eng ko‘p sayyohlarni jalb qilgan shahar ekanligi aniqlandi