11:39 / 14.11.2017
5 909

Nursulton Nazarboevning qo’lidagi noodatiy bilaguzuk internetda qizg’in bahslarga sabab bo’ldi

Nursulton Nazarboevning qo’lidagi noodatiy bilaguzuk internetda qizg’in bahslarga sabab bo’ldi
Nursulton Nazarboev Astana klubining yig’ilishida qatnashish uchun ko’k rangli kostyum-shim, oq ko’ylak va galstukdan iborat qiyofada tashrif buyurdi. Shuningdek, uning qo’lida noodatiy aksessuar ham ko’zga tashlangan, deb xabar beradi xorij saytlari.

Prezident qo’lidagi qora bilaguzuk darhol o’ziga omma e’tiborini jalb qildi. Bilaguzuk markazida qiya ko’rinishdagi displey ham bor.
Sport shinavandalari ushbu aksessuarning sifatlaridan darhol xabar topdilar. Aniqlanishicha, bilaguzuk yugurish mashqlari va trenirovkalar chog’ida insonga ko’mak berib, uning yurak urishi, qadamlar soni va sarflangan kaloriyalarni hisoblab chiqadi.

Shuningdek, “aqlli” bilaguzuk uyqu holatini ham nazorat qiladi, unga barometr, akselerometr, giroskop va GPS o’rnatilgan. Bilaguzuk oddiy soatlar kabi vaqtni ko’rsatib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboevning qo’lidagi noodatiy bilaguzuk internetda qizg’in bahslarga sabab bo’ldi