14:09 / 10.12.2017
20 164

Hindistonda chaqaloq suv parisi dunyoga keldi

Hindistonda chaqaloq suv parisi dunyoga keldi
Bu tibbiyotda haqiqatan suv parisi sindromi deb ataladi. Bunday sindrom bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning oyoq va qo‘l qismi bir qolipda bo‘ladi. Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida tug‘ilgan chaqaloq ham bundan mustasno emas. Qolaversa, uning taz qismi rivojlanmay qolgan.
Baxtga qarshi bu bolaning hayotini saqlab qolishga vrachlar ojizlik qilishdi. Suv parisi atigi to‘rt soatgina yorug‘ dunyoga mehmon bo‘ldi va olamdan o‘tdi.

Vrachlarning gapiga qaraganda, suv parisi sindromi bilan tug‘ilgan bu bolaning ota-onasi oddiy ishchi. Shuning uchunmi, ayol homilador paytida talab darajasida vrachlar ko‘rigiga qatnay olmagan. 23 yoshli Muskura Bibi ismli bu ayol to‘qqiz oy mobaynida biror marta UZI ga ham tushmagan ekan. Ammo bir narsani tan olish kerak. Tug‘ruq ko‘ngildagidek kechdi.

Shunday qilib Hindistonda ikkinchi marta suv parisi sindromi bilan chaqaloq tug‘ildi. Birinchi marta 2016 yili Uttar-Pradesh shtatida shunday chaqaloq dunyoga kelgandi. Lekin u 10 daqiqadan so‘ng jon bergan. Mutaxassislarning gapiga ko‘ra, bunday holatlarga onaning homiladorlik paytida yaxshi ovqatlanmasligi, vrach ko‘rigiga qatnamasligi, homila va ona organizmi o‘rtasidagi qon sirkulyatsiyasi yaxshi emasligi sabab bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda chaqaloq suv parisi dunyoga keldi