Internetda xitoylik erkakning ko‘p qavatli uydagi yong‘indan qutulib qolgani videosi paydo bo‘ldi.
Erkak 28-qavatdagi xonadoni derazasidan tashqariga chiqib, pastki qavatda joylashgan xonadonning temir panjarasiga osilib tushgan va u yerda o‘t o‘chiruvchilar kelguncha bir necha daqiqa turishiga to‘g‘ri kelgan.
Hozirda sababi aniqlashtirilayotgan yong‘in Chunsin shahridagi turar joy binolarining birida yuz bergan. Yong‘in uyning 31-qavatidagi xonadonlardan birida boshlangan.
Voqea joyiga 11 ta o‘t o‘chirish brigadasi kelgan. Yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘in oqibatida qurbonlar bo‘lmagan.
Qo‘shni uydan olingan videoda erkak panjaraga osilgancha, qo‘shnisi uyining oynasini oyog‘i bilan tepib sindirishga harakat qilayotgani tasvirlangan. Bu orada uning ustiga yuqoridan yonayotgan bo‘laklar tusha boshlagan. Biroq hammasi baxtli yakun topib, yordamga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar uni xonadon ichiga tortib olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi