10:42 / 31.12.2017
5 446

Erdo‘g‘an yanvarning ilk kunlari Fransiyaga tashrif buyuradi

Erdo‘g‘an yanvarning ilk kunlari Fransiyaga tashrif buyuradi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 5 yanvarda Fransiyaga amaliy safar bilan jo‘naydi. Bu haqda Erdo‘g‘anning o‘zi Sinop shahridagi chiqishi vaqtida ma’lum qildi.

“Juma kuni men Fransiyaga jo‘nayman. Biz turk-fransuz munosabatlarini yana muhokama qilamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Turkiya tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, Fransiya Turkiyaning muhim savdo va iqtisodiy hamkori hamda eng yaqin ittifoqdoshlaridan biri hisoblanadi. Fransiya hududida 650 mingdan ko‘proq turk yashaydi, ulardan 300 mingi Fransiya fuqaroligiga ega. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 13,4 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an yanvarning ilk kunlari Fransiyaga tashrif buyuradi