AQSh Kongressidagi respublikachilar partiyasi deputatlar ixtiyoriga immigratsiya to‘g‘ridagi yangi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu qonun loyihasida oilalarning qayta qo‘shilishini cheklash va Green Card lotoreyasini bekor qilish belgilangan.
“Amerikaning kelajagini ta’minlaydigan Akt” deb nomlangan bu qonun loyihasi, Meksika chegarasida to‘siq devorlar qurilishini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan.
Kongressning vakillar palatasi qo‘mita boshlig‘i Bob Gudlatning ta’kidlashicha, bu qonun loyihasi chegaralarni qo‘riqlashni kuchaytirish, Green Card lotoreyasini bekor qilish va oilalarning qayta qo‘shilishini cheklashni belgilab beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, immigratsiya borasidagi yangi qonun loyihasi nolegal migrantlarga qarshi qonuniy chora ko‘rmaydigan shaharlariga nisbatan choralar ko‘rishni ham o‘z ichiga olgan.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu qonun Kongress tomonidan o‘zartirishlar kiritmasdan qabul qilinmaydi. Agar vakillar palatasi tomonidan qabul qilinganda ham Senat tomonidan rad qilinishi mumkin. Chunki bu qonunning qabul qilinishi uchun kamida to‘qqiz nafar demokratlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi