2017 yilda paydo bo‘lgan barcha boyliklarning taxminan 82 foizi Yerning 1 foiz aholisiga tegishli. Bu haqda Kun nashri Oxfam tashkiloti hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, jahondagi eng badavlat odamlar boyligi o‘tgan yilda 762 mlrd AQSh dollariga ko‘paygan.
Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davrda dollar milliarderlari sonining butun tarixdagi rekord o‘sishi qayd qilindi. Ayni damda ularning soni 2043 kishini tashkil etmoqda.
«Milliarderlar umumiy boyligining to‘rtdan uch qismi meros sifatida o‘tgan. Kelayotgan 20 yilda, jahondagi eng boy 500 kishi o‘z merosxo‘rlariga qariyb 2,4 trln AQSh dollari qoldiradi – bu 1,3 mlrd kishi istiqomat qiluvchi Hindiston YaIMdan ham ko‘proqdir», - deyiladi tadqiqotda.
O‘tgan yili Osiyo milliarderlar soni bo‘yicha tarixda birinchi marta AQShni ortda qoldirgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi