22:50 / 31.01.2018
10 628

Bugun Super Oyning to‘liq tutilish hodisasi kuzatildi

Bugun Super Oyning to‘liq tutilish hodisasi kuzatildi
Bugun Oy taqvimida unikal kun hisoblanadi, Bir vaqtning o‘zida Oyning to‘liq tutilishi, Super oy hodisasi kuzatildi. O‘zbekistondan turib bu safar kuzatilayotgan mazkur tabiat hodisasi Oy u chiqayotgan vaqtga to‘g‘ri keldi.

Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi Oy o‘rtasidagi masofa Oyning elleptik orbitasi sabab 357 ming kilometrdan 406 ming kilometrgacha o‘zgarib turadi. To‘lin Oy tomonidan peregiydan o‘tilayotganida Super Oy hodisasi kuzatiladi va bunda Oy eng uzoq masofa — apogeyda bo‘lganidan ko‘ra diametri 14 foizga kattaroq, yorqinligi esa 30 foizga ko‘proq ko‘rinadi.

Oyning tutilishida Oy va Quyosh o‘rtasiga Yer tushib qoladi. Bu hodisa albatta to‘lin Oy sharoitida yuz beradi. Oy to‘liq yoki qisman tutilishi mumkin. To‘liq tutilishda Yerning soyasi Oy sirtini to‘liq qoplaydi va u qizg‘ish tusga kiradi. Oyning ko‘zdan yo‘qolib qolmasligiga sabab, Quyosh nurlarining Yer atmosferasidan sinib, Oy sirtini yoritishidir. Shu sababli u shafaq tusini oladi.

So‘nggi marta 2015 yilning 27 sentyabridan 28 sentyabriga o‘tar kechasi Super Oyning to‘liq tutilish hodisasi kuzatilgan. Lekin uni asosan Amerika qit’asi tomosha qilgan.

Keyingi Oy tutilishi 2018 yil 27 iyulga to‘g‘ri keladi va u O‘zbekiston hududidan bemalol kuzatiiladi. Qayd etish joizki, keyingi safar ham Oy to‘liq tutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun Super Oyning to‘liq tutilish hodisasi kuzatildi