23:20 / 01.02.2018
7 519

Pokistonlik qiz turmushga chiqishni xohlamagani uchun otib o‘ldirildi (video)

Pokistonlik qiz turmushga chiqishni xohlamagani uchun otib o‘ldirildi (video)
Pokistonning Xayber-Paxtunva provinsiyasida ko‘zga ko‘ringan siyosatchining jiyaniga turmushga chiqishni istamagan talaba qiz Asma Rani otib o‘ldirildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Qiz o‘limi oldidan gospitalda qotilning ismini aytishga ulgurdi. Uni ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.

Voqea 28 yanvar kuni bo‘lgan edi. Qotillikni muhabbati rad etilgan kuyov Mujaxidulloh Afridiy va uning akasi Sadikullular amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchilar hali qo‘lga olinmagan.

Asma Rani Abbotoboddagi tibbiyot fakultetining 3-bosqich talabasi bo‘lgan. Qotillik bo‘lgan paytda u uyiga ta’tilga kelgan edi. Shu yerda unga Pokiston adolat harakatining hududiy bo‘limi rahbari Imron Xonning jiyani Mujaxidulloh Afridiy muhabbat izhor qilib, qo‘lini so‘radi. Rad javobini olgan “kuyov” qizni otib o‘ldirdi.

Asmaning oila a’zolari Mujaxidullohning oilasi borligi sababli qiz unga rad javobini berganligini ma’lum qilishdi. Qotillikdan keyin aka-uka Dubayga uchib ketgan. Hozircha politsiya mazkur taxminni tasdiqlamadi.

Qotillik haqida shov-shuv ko‘tarilgandan so‘ng provinsiya rahbari Parviz Hattoku jurnalistlarning savollariga javob berishga majbur bo‘ldi. U ayblovni rad etib, muxbirlarga javob berishdan o‘zini olib qochdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonlik qiz turmushga chiqishni xohlamagani uchun otib o‘ldirildi (video)