Buyuk Britaniyaning London shahri chekkasida kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib, uch kun yuqoriga chiqa olmagan odam qutqarildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Yer tagidan baqirayotgan odam ovozini eshitgan mahalliy aholi zudlik bilan shoshilinch xizmatga qo‘ng‘iroq qilishdi. Politsiyachilar kanalizatsiya lyukini ochib, jabrlangan erkakni yuqoriga chiqarishdi.
“Erkak loyga botgan, hatto oyog‘ida poyabzali ham yo‘q edi”, dedi voqeaga guvoh bo‘lgan ayollardan biri. 48 yoshli erkakning aytishicha, u ochiq turgan lyukka tushib ketgan. Yuqoriga ko‘tarilishning ilojini topolmagach, boshqa chiqish eshigini qidirgan. U uch kun mobaynida yer tagida o‘n kilometr yo‘l bosgan.
London shahar kanalizatsiyasiga javobgar bo‘lgan Thames Water kompaniyasi vakillari erkakning so‘zlariga shubha qilmoqda. Ularning fikricha, erkak qutqarilgan joyidan bir yarim kilometr uzoqlikda bo‘lgan oqava suv quvuri orqali kanalizatsiyaga tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi