15:32 / 10.03.2018
4 868

Hindistonda qoplon gavjum ko‘cha o‘rtasida o‘tkinchiga hujum qildi

Hindistonda qoplon gavjum ko‘cha o‘rtasida o‘tkinchiga hujum qildi
Hindistonning Indaura shahrida qoplon gavjum ko‘cha o‘rtasida erkak kishiga hujum qildi. Megapolis markazida ushbu yirtqich qanday qilib paydo bo‘lib qolgani noma’lum.

Yirtqichni mahalliy aholi vakillari ko‘rib qolgan, aynan ular tezkor xizmatlarga xabar berishdi. Politsiyachilar yetib kelganida qoplon qurilayotgan bino ichiga kirib olgani aniqlandi. Undan chiqish joylarini maxsus to‘r bilan o‘rab olishga to‘g‘ri keldi, bu hayvonni tutish uchun kerak edi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Biroq yirtqich erkaklardan biriga hujum qilishga ulgurdi hamda uni yerga yiqitgan. Xabar berilishicha, o‘tkinchi shaxs ushbu “jang”da jabr ko‘rmadi. Qoplonni tinchlantirish uchun maxsus preparatdan foydalanishga to‘g‘ri keldi. Ta’kidlanishicha, yirtqichni veterinarlar ko‘zdan kechiradi, so‘ng u yovvoyi tabiatga qo‘yib yuboriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda qoplon gavjum ko‘cha o‘rtasida o‘tkinchiga hujum qildi