Suratkash Ron Risman AQShning Nyu-Gempshiridagi mayoqning bo‘ron vaqtidagi suratini olib, u bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan. Surat mahalliy telekanal e’tiborini tortgan va uni muallifidan so‘rab efirda ko‘rsatgan. Shundan keyin tomoshabinlardan biri Rismanni ushbu suratni o‘g‘irlashda ayblagan.
Aniqlanishicha, xuddi shunga o‘xshash surat yana bir suratkash Erik Grendon tomonidan olingan. Qiziqarlisi, ikki surat ham bir-biriga deyarli 100 foiz o‘xshashdir. Shundan keyin suratkashlar bir-birlari bilan bog‘lanib, Grendon Rismanga suratlarni taqqoslash uchun RAW-faylni yuborishini aytgan.
Foto:Unwire
Risman ikki suratni batafsil tahlil qilganda suratlarda deyarli sezilmas farq borligini aniqlagan. Suratlarda panjara va suv sachrashlarida farq bo‘lgan.
Foto: Unwire
Aniqlanishicha, bir-birini tanimaydigan ikki fotosuratchi mayoqni bir vaqtning o‘zida, bir rakursdan, biroq millisoniya farq bilan suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Erkaklar suratga olayotganlarida ularni 30 metrlik masofa ajratib turgan. Natijada ikkala surat ham original deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi